Jamiyat | 18:00 / 12.09.2024
5314
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda o‘g‘irlangan avtomobil pachaqlangan holda topildi

Avtomobilni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qo‘qon shahrida o‘g‘irlab ketilgan avtomobil pachaqlangan holda topilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, Qo‘qon shahrining Po‘stindo‘z ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan avtomobil yo‘qolgan.

Tonggi soat 6:00 larda noma’lum shaxs oynasi ochiq holda, kaliti o‘zida qoldirilgan “Nexia-2” mashinasini noma’lum tomonga olib qochgan

Mashinasi qo‘ygan joyida yo‘qligini ko‘rgan fuqaro darhol ichki ishlar organlariga xabar bergan. IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida avtomobil topilgan.

Biroq “Nexia”ni olib qochgan shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va avtomobilni pachaq holda tashlab ketgan. Qisqa vaqt ichida o‘g‘irlikda gumonlangan shaxs ham topilgan va qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondorga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Dastlabki tergovda gumondorning avtomobil olib qochgani dalillar bilan isbotlanib, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan.

Mavzuga oid