Politico: Zalujniy Kursk oblastiga hujum qilinishiga qarshi chiqqan
General Valeriy Zalujniy Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastiga bostirib kirishiga qarshi chiqqan, deb yozadi Politico. Volodimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Rossiya hududida operatsiya o‘tkazilishini talab qilgan.
Ukraina qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy Ukraina armiyasining Kursk oblastidagi operatsiyasiga qarshi chiqdi. Bu haqda Politico 16 sentabr, dushanba kuni yozdi.
Nashrning yozishicha, Zalujniy Rossiya hududiga bostirib kirishga qarshi chiqqan, chunki Ukraina rahbariyati chegarani buzib o‘tganidan keyin «aniq keyingi qadam»ga ega bo‘lmagan. Nashr manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan: «U Zelenskiydan aniq javob olmadi, buni xavfli o‘yin deb hisoblagan». Valeriy Zalujniyning o‘zi Ukraina qurolli kuchlarining Kursk yaqinidagi operatsiyasi haqida izoh taqdim etish so‘roviga javob bermadi, deb yozadi Politico.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Kursk oblastidagi operatsiyaga rozi bo‘lmagan ikkinchi shaxs Ukraina qurolli kuchlari 80-hujumkor-desant brigadasi qo‘mondoni Emil Ishqulov bo‘lgan. Nashrning Ukrainaning yuqori martabali harbiylari orasidagi manbalariga ko‘ra, Ishqulov o‘z brigadasi Rossiya hududida himoyasiz qolishi va katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lishidan qo‘rqqan.
Ukraina OAV Emil Ishqulovning brigada komandiri lavozimidan ozod etilgani, uning bo‘linmalari komandirlari esa Ishqulovni lavozimini saqlab qolmaslik haqidagi murojaati bilan mamlakat harbiy rahbariyatiga videomurojaat yozishgan. Bunga javoban ularga harbiy xizmatchi yuqori lavozimga tayinlangani aytilgan, ammo uning o‘zi lavozimi pasaytirilganini e’lon qilgan.
Zelenskiyning aytishicha, Kursk operatsiyasi Donbassda Ukrainaga yordam bergan. Politico manbalari buni rad etyapti
Politico maqolasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «Yalta Yevropa strategiyasi» (YES) konferensiyasidagi nutqidan parchalar keltirildi. U Donbassdagi vaziyat og‘ir bo‘lsa-da, normallashayotganini ta’kidlaydi. Bunga sabab, deb hisoblaydi Zelenskiy, Rossiya qo‘shinlarining Donetsk yaqinidan Kursk oblastiga o‘tkazilishi. Uning nuqtayi nazarini Ukraina qurolli kuchlarining amaldagi bosh qo‘mondoni, general Aleksandr Sirskiy qo‘llab-quvvatladi.
Biroq nashr suhbatlashgan askarlar Donetsk viloyatida Ukraina qurolli kuchlarining tez o‘sib borayotgan yo‘qotishlari haqida gapirdi. Bu mamlakat harbiy rahbariyatini mudofaa uchun Kurskdan mintaqaga bir nechta bo‘linmalarni o‘tkazishga majbur qildi.
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
15:39 / 15.11.2024