Jamiyat | 20:58 / 19.09.2024
3073
2 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi

Marg‘ilon shahridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida “Atlas bayrami” VI xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2015 yildan buyon YuNESKO va O‘zbekiston hukumati hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan festivalga xorijiy davlatlardan 60 nafar soha mutaxassislari kelgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

Tadbirda Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘tkazilgan trening qatnashchilariga sertifikatlar topshirildi. “Atlas bayrami” doirasida “Yodgorlik” korxonasida an’anaviy mato to‘qimachiligi bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkazildi.

Erkin Vohidov nomidagi Ijodkorlar bog‘ida qo‘shni respublikalar hamda viloyatlardan tashrif buyurgan usta hunarmandlar o‘z asarlari bilan qatnashdi.

To‘qimachilik festivali yana 3 kun davom etadi. Unda xalq sayli, askiya va katta ashula ijrochiligi, kurash musobaqasi, dorbozlar, qo‘g‘irchoqbozlik va an’anaviy to‘qimachilik san’atiga bag‘ishlangan hunarmandchilik buyumlari namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasidan tashrif buyurgan dizaynerlarning liboslar namoyishi, Oltiariq uzumi, Quva anori, qovun sayli, osh tayyorlash musobaqasi hamda xalqaro ilmiy amaliy konfrensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid