Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya YeIning migratsiya qoidalaridan voz kechmoqchi
Budapesht Niderlandiya ortidan Yevropa Ittifoqining boshpana berish qoidalaridan chiqish niyatida ekanligini e’lon qildi. Biroq, bunda ikkala davlatning ham muvaffaqiyat qozonishi dargumon.
Vengriya Niderlandiya ortidan Yevropa Ittifoqi migratsiya qoidalariga rioya qilishdan bosh tortish niyatini e’lon qildi. Bu haqda 18 sentabr, chorshanba kuni Vengriya Yevropa ishlari vaziri Yanosh Boka ma’lum qildi.
«Noqonuniy migratsiyaga qarshi qat’iy choralar ko‘rish kerak», deb yozgan vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Shu sababli Budapesht Yevropa Ittifoqining boshpana bo‘yicha qoidalaridan chiqish uchun Yevrokomissiyaga murojaat qilmoqchi. Avvalroq Niderlandiya Yevropa idorasiga xuddi shunday so‘rov yuborgan edi. Niderlandiyaning eng yirik o‘ng qanot populistik Ozodlik partiyasi (PVV) rahbari Gert Vilders «bu yangi shamol esib borayotganidan dalolat», dedi.
Niderlandiya va Vengriya o‘z tashabbusi bilan muvaffaqiyat qozonishi dargumon. Ushbu davlatlarni Yevropa Ittifoqi migratsiya tizimidan chiqarib tashlash uchun uning barcha 27 a’zosining roziligi talab qilinadi.
Bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi Vengriyaning o‘ng qanot populistik hukumati ko‘p yillardan beri muhojirlarga qarshi siyosat olib boradi va shuning uchun Yevropa komissiyasi bilan doimiy ziddiyatda. Budapesht ayni damda Yevropa sudi tomonidan o‘zining cheklovchi boshpana siyosati tufayli qo‘yilgan 200 million yevro miqdoridagi jarimani to‘lashdan bosh tortmoqda. Shuning uchun Bryussel bu pulni Yevropa Ittifoqining Vengriyaga bo‘lajak to‘lovlaridan olib qo‘ymoqchi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026