Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
USAID Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi doirasida O‘zbekistonga yana 6,1 mln dollar ajratdi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan davom etayotgan Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi (DOAG) doirasida qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 6,1 million dollar ajratdi. Shu tariqa DOAG’ga jami investitsiya 47 million dollardan oshdi.
Yangi mablag‘ boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan dasturlarni kuchaytiradi va 8−11-sinf o‘quvchilarini ishga joylashish va kelajak iqtisodiyotida ishtirok etish uchun zaruriy tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi, deyiladi xabarda.
Besh yillik DOAG shartnomasi 2019 yilda imzolangan. USAID’ning O‘zbekiston ta’lim sohasiga kiritgan sarmoyalari boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini oshirish, ingliz tilida erkin muloqot qilishni yaxshilash, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalarini rivojlantirish va ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026