Jamiyat | 10:55 / 22.09.2024
5600
1 daqiqa o‘qiladi

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi

Ularning hech biri jarohat olmagani aytilmoqda.

Foto: FVV

FVV qutqaruvchilari “Katta chimyon” tog‘ida adashib qolgan fuqarolarga yordam berib, ularni pastga olib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 21 sentabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta chimyon” tog‘iga to‘rt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan.

Qayd etilishicha, fuqarolardan hech biri tan jarohati olmagan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid