Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
Argentina sudi Venesuela rahbari, mamlakat Milliy assambleyasi raisi va hukumatning boshqa bir qator yetakchilarini insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.
Argentina sudi 23 sentabr kuni Venesuela rahbariyatining bir qator a’zolarini, jumladan, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni ham hibsga olishga order berdi.
«Argentina adliya organlari insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun Nikolas Maduro, Milliy assambleya raisi Diosdado Kabelo va Venesuela hukumatining boshqa yetakchilarini hibsga olishga sanksiya berdi», — deyiladi xabarda.
Sud qarorida keltirilishicha, «Venesuelada kamida 2014 yilda ishlab chiqilgan va hali ham amalda bo‘lgan qatag‘on, insonlarning yo‘qolib qolishi, qiynoqqa solish, o‘ldirish va tinch aholini ta’qib qilishning tizimli rejasi amalda qo‘llanayotgani» isbotlangan.
Hibsga olishlar uchun order berishda Argentina sudi insoniyatga qarshi jinoyatlarni qamrab oladigan umumiy yurisdiksiya tamoyiliga amal qilgan.
Argentina prezidentini hibsga olish uchun order
Shu kunning o‘zida Venesuela Oliy sudi Argentina prezidenti Xaver Mileyni, ushbu mamlakat xavfsizlik vaziri Patrisiya Bulrich, shuningdek, prezidentning singlisi va maslahatchisi Karina Mileyni pul yuvish hamda noqonuniy ozodlikdan mahrum etishda ayblab, hibsga olish bo‘yicha order bergan.
Buenos-Ayres va Karakas 28 iyul kuni Venesuelada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan beri o‘zaro ziddiyatli vaziyatda. Venesuela saylovlardan keyin argentinalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborgan. O‘z navbatida Buenos-Ayres Haagadagi Xalqaro jinoiy sudni Nikolas Maduroni hibsga olish uchun order berishga chaqirgan.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
18:49 / 06.05.2026
Kruiz laynerda tarqalgan hantavirus. Nimalar ma’lum?
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026