Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi
Eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1 noyabrgacha tasdiqlanadi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi;
- 2024–2025 yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari.
Eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1 noyabrgacha tasdiqlanadi.
2024 yil 1 dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024–2025 yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar tasdiqlanadi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so‘m, 2025 yilda 15 trillion so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
08:02 / 16.05.2026
Vetnam tarixidagi eng qimmat megaloyihaga qo‘l urmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:17 / 27.02.2026