Jahon | 22:21 / 30.09.2024
2968
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning kelasi yil budjetiga rekord miqdorda harbiy xarajatlar kiritildi

Federal budjet qonun loyihasida «Milliy mudofaa» uchun 13,5 trillion rubl sarflash ko‘zda tutilgan.

Foto: TASS

Rossiya hukumati 2025 yilgi budjetga harbiy xarajatlarining rekord miqdorini kiritdi. Qayd qilinishicha, harbiy xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 6,31 foizini tashkil qiladi.

The Bell gazetasining yozishicha, federal budjet qonun loyihasida «Milliy mudofaa» uchun 13,5 trillion rubl sarflash ko‘zda tutilgan.

2024 yilgi budjetga harbiy xarajatlar uchun bor-yo‘g‘i 10,4 trillion rubl kiritilgan, bu o‘sha paytdagi rekord miqdor edi. Shu bilan birga, 2023 yilda 2025-2026 yillarda Rossiyaning harbiy xarajatlari 8,5 va 7,4 trillion rublgacha qisqartirilishi taxmin qilingan edi.

Rossiyaning yangi uch yillik budjetida harbiy xarajatlar 2026 yilda 12,8 trillion rubl, 2027 yilda esa 13,1 trillion rubl bo‘lishi nazarda tutilgan.

2025 yilga hamda 2026-2027 yillarni rejalashtirish davriga mo‘ljallangan federal budjet loyihasi 30 sentabr kuni Rossiya Davlat Dumasiga kiritildi.

Mavzuga oid