Jahon | 09:30
1313
3 daqiqa o‘qiladi

FT: Bayden Ukrainaning NATOga arizasi maqomini oshirishi mumkin

Oktyabr oyi o‘rtalarida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda AQShning iste’foga chiqayotgan prezidenti Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha muhim qaror qabul qilishi mumkin, deb yozadi Financial Times g‘arb manbalariga tayanib.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi / Scanpix

Financial Times (FT) gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyni tark etishdan oldin Yevropaga so‘nggi safari chog‘ida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi borasida muhim qaror qabul qilishi mumkin. 12 oktyabr kuni Germaniyada Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlar bilan uchrashuvda u 2025 yilning yanvarida o‘z lavozimini tark etishdan oldin Ukrainaning NATOga a’zolik haqidagi arizasi maqomini oshirishga rozi bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr 1 oktyabr, seshanba kuni Bayden va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vashingtondagi so‘nggi muzokaralari mazmuni bilan tanish g‘arb rasmiysiga tayanib.

NATOga a’zolikning «G‘arbiy Germaniya modeli»

G‘arbning yana bir yuqori martabali amaldori FT'ga Ukrainaning NATOga qabul qilinishi Rossiyaga qarshi kurashda qolgan yagona strategiya ekanligini aytdi, ammo «hech kim buni baland ovozda ma’lum qilmayapti». Nashrning qayd etishicha, alyansning 32 a’zosidan faqat bir nechtasi Ukraina davlatda to‘liq, uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish va xaritada hududni belgilab beruvchi aniq chiziq paydo bo‘lishidan oldin qo‘shilishi mumkin, deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, «G‘arbiy Germaniya modeli» deb nomlangan — Germaniyaning Berlin devori qulashi va GDR bilan birlashishigacha 30 yildan ortiq davom etgan NATOga a’zoligi modeli, jumladan Vashington tomonidan tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yevropa tashqi aloqalar kengashining Vashingtondagi vakolatxonasi rahbari Jyeremi Shapiro fikricha, bunday model murosaga erishish uchun birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

AQSh razvedkasi Ukrainaning Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashiga ruxsat berilishiga qarshi

AQSh razvedkasi Ukrainaga Rossiya hududidagi nishonlarga uzoq masofali qurollardan o‘t ochishga ruxsat berishga qarshi. Razvedka rasmiylarining fikricha, Moskva Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilariga qarshi jiddiy javob choralarini ko‘rishi mumkin, halokatli hujumlar ham bundan mustasno emas, deb yozadi The New York Times (NYT) 26 sentabr kuni manbalarga tayanib.

Rossiyaning ehtimoliy javoblari orasiga Yevropada o‘t qo‘yish, Yevropa va Amerika harbiy bazalariga hujumlar kabi diversion harakatlarni kuchaytirish kiradi. AQSh razvedkasi birinchi variantni ehtimoli yuqoriroq deb hisoblaydi.

Mavzuga oid