Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda AESni xalqaro konsorsium qurishi kerak – To‘qayev
6 oktyabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha respublika referendumi bo‘lib o‘tmoqda. Qozog‘istonliklar «Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?» degan yagona savolga javob berishi kerak.
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev agar mamlakat fuqarolari atom elektr stansiyasi (AES) qurish g‘oyasini referendumda qo‘llab-quvvatlasa, u holda bu ishni xalqaro kompaniyalar konsorsiumi amalga oshirishi kerakligini aytdi.
«Hukumat tahlil qilishi va muzokara olib borishi kerak, ammo mening shaxsiy fikrim shuki, Qozog‘istonda eng ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan xalqaro konsorsium ishlashi kerak. Qolganini hayot ko‘rsatadi», dedi To‘qayev.
6 oktyabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha respublika referendumi bo‘lib o‘tmoqda. Qozog‘istonliklar «Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?» degan yagona savolga javob berishi kerak.
Ovoz berishda ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning 50 foizdan ortig‘i ishtirok etsa, referendum o‘tgan deb topiladi. Mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da bu marra kesib o‘tilgani e’lon qilindi.
Agar ovoz berganlarning yarmidan ko‘pi ijobiy javob bersa, atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
18:49 / 07.03.2026
AES quriladigan hududlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari tasdiqlandi
15:23 / 24.02.2026
AESda vodorodli portlashlardan himoya bo‘yicha talablar loyihasi ishlab chiqildi
13:20 / 18.02.2026
“Rosatom” Vengriyadagi AES bo‘yicha Siemens Energy bilan shartnomani bekor qildi
15:29 / 17.02.2026