Meliyev keltirib ötgan Jahon Atom Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda atom reaktorlari tomonidan talab etilgan uran hajmi taxminan 67 ming tonnani taşkil etgan bölsa, 2030 yilga borib mazkur körsatkiç 28 foizga oşib, yiliga 86 ming tonnaga yaqinlaşişi, 2040 yilga kelib esa 150 ming tonnadan oşişi prognoz qilinmoqda.

Reuters ma’lumotiga köra, jahonda atom energetika quvvatlarining umumiy hajmi ham jadal sur’atlarda ösişi kutilmoqda. Xususan, 2025 yil örtasiga kelib taxminan 398 GWni taşkil etgan jahon atom energetika quvvati 2030 yilga qadar yana 13 foizga, 2040 yilga borib esa 87 foizga oşib, umumiy hisobda 746 GW darajasiga yetişi prognoz qilingan.

“Navoiyuran” rasmiysiga köra, sönggi yillarda bir qator davlatlar tomonidan atom energetikasini çeklaş yoki bosqiçma-bosqiç tugatişga qaratilgan oldingi siyosatlar qayta körib çiqilib, uni energetika tarmoğining strategik va ajralmas qismi sifatida saqlab qoliş, şuningdek, atom energetika quvvatlarini kengaytirişga qaratilgan davlat siyosati amalga oşirilmoqda.

Jumladan, 2023 yilda bölib ötgan COP28 xalqaro ekologik konferensiyasi doirasida 31 ta davlat 2050 yilga qadar atom energetika quvvatlarini uç baravarga oşiriş böyiça rasmiy siyosiy majburiyatlarni öz zimmasiga olgan.

“Mazkur qarorlar atom energetikasini uzoq muddatli va barqaror rivojlantirişga qaratilgan bölib, uran xomaşyosiga bölgan jahon talabining barqaror va izçil ösib boriş tendensiyasini şakllantirişi kutilmoqda”, – deya yozadi Xudoyor Meliyev.

Uran bozorida talab va taklif muvozanati izdan çiqyapti

Muallifning yozişiça, uranga talab ortayotgan bir şaroitda bu xomaşyoning taklifi yetarli emas.

Jahon Atom Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda dunyo böyiça uran konlaridan qazib olingan uran hajmi 58,2 ming tonna U₃O₈ (49,3 ming tonna toza uran)ni taşkil etgan bölib, mazkur körsatkiç atom elektr stansiyalarining yillik yoqilğiga bölgan umumiy ehtiyojining bor-yöği 74 foizini ta’minlagan. Qolgan talab muqaddam şakllangan zaxiralar hisobidan qoplangan bölib, jumladan elektr energetikasi kompaniyalarining strategik zaxiralari hisobidan foydalanilgan.

Keyingi yillarda bozor kon’yunkturasining nisbatan yaxşilanişi hisobiga global uran qazib çiqariş hajmlarida muayyan darajada tiklaniş kuzatilgan. Xususan, 2022–2024 yillar davrida jahon miqyosida uran işlab çiqariş hajmi taxminan 22 foizga oşib, 60,2 ming tonnadan ortiqni taşkil etgani qayd etilgan. Biroq, mazkur ijobiy dinamikaga qaramasdan, xalqaro tahlillarga köra, amalda ekspluatatsiya qilinayotgan uran konlarining katta qismi 2030 yillarga kelib öz resurs salohiyatini bosqiçma-bosqiç yöqotişi kutilmoqda.