Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi
Olimlar fikriga ko‘ra, Everest yiliga 0,16-0,53 mm «o‘smoqda». Endi uning balandligi 8849 metrni tashkil qiladi.
Everest tog‘ining balandligi doimiy ravishda oshib bormoqda. Bunday xulosaga (.pdf) Pekindagi Xitoy geologiya universiteti olimlari keldi. Ular sayyoradagi eng baland tog‘ joylashgan Himoloy tog‘ tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlarning kompyuter modelini yaratdi.
Nature Geoscience jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘sishning sababi - tog‘ daryolari o‘zanining o‘zgarishidir. Shu tufayli so‘nggi 89 ming yil ichida tog‘ 15-50 m ga o‘sgan.
Olimlar taxminan 90 ming yil oldin Nepalning Himoloy tog‘larini kesib o‘tuvchi eng yirik daryosi bo‘lgan Arun o‘zanida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lganini aniqladi. Natijada daryo Gangning eng yirik irmoqlaridan biri bo‘lgan Kosi daryosi tizimiga qo‘shildi. Bu jarayon yuqorida qolgan kanallarning qurib qolishiga va eroziyasiga sabab bo‘ldi, chunki birlashgan oqimlar ko‘proq suv olib, ko‘proq tosh va cho‘kindilarni harakatga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shni hududlarning, jumladan, tog‘larning sirtini ko‘taradi.
Olimlar fikriga ko‘ra, Everest yiliga 0,16-0,53 mm ga «o‘smoqda». Endi uning balandligi 8849 metrni tashkil qiladi. Shunga o‘xshash jarayonlar qo‘shni Lhotsze va Makalu cho‘qqilariga ta’sir qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o‘sish jarayoni cheksiz bo‘lmaydi. «Bu daryo tizimi yangi muvozanat holatiga kelguniga qadar davom etadi», deb ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Jinggen Dai.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024