Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar infeksiyadan so‘ng immunitet pasayishiga sabab bo‘ladigan mexanizmni o‘rgandi
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, sepsis va sil kabi og‘ir infeksiyalardan keyin immunitet tizimi organizmni to‘laqonli himoya qilish qobiliyatini yo‘qotadi.
Foto: AP
AQShning Beylor tibbiyot kolleji olimlari sil kasalligi (TB) muvaffaqiyatli davolangandan so‘ng immunitet tizimining uzoq muddatli pasayishiga sabab bo‘luvchi mexanizmni aniqladi. Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari immun tizimini tiklash va og‘ir infeksiyalardan keyin o‘lim xavfini kamaytirishga yangicha yondashuvni taklif qilishi mumkin.
Olimlarning aniqlashicha, sepsis va sil kabi og‘ir infeksiyalardan keyin immunitet tizimi organizmni to‘laqonli himoya qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu DNKdagi kimyoviy belgilar — epigenetik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular immun reaksiyalarning susayishiga olib keladi. Bunga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri DNK metillanishi hisoblanadi, u immun himoyasiga mas’ul bo‘lgan genlarni bostiradi.
Ushbu jarayonlarni o‘rganish uchun jamoa bakterial mahsulotlar va Mycobacterium tuberculosis bakteriyalari ta’siriga uchragan immun hujayralar bilan tajribalar o‘tkazdi.
Bunday hujayralar immun signallarga chidamli bo‘lib qolaverdi, natijada himoya reaksiyalari pasaydi. Bundan tashqari, sil va sepsis bilan kasallangan bemorlarda DNK metillanishi bilan bog‘liq bo‘lgan uch karbon kislota sikli (TCA) faolligi oshgani aniqlandi.
Tajriba davomida sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga antibiotiklar bilan standart davolanishdan tashqari TCA faollashuvini to‘xtatuvchi everolimus dori vositasi ham tayinlandi. Ushbu dori DNKdagi zararli epigenetik o‘zgarishlarni kamaytirishga yordam bergan, bu esa infeksiyalardan so‘ng immunitet tizimini qayta tiklash mumkinligini ko‘rsatadi.
E’tiborli jihati shundaki, kasallik boshlanganidan olti oy o‘tgach, everolimus metillanish belgilarini ham kamaytirgan, bu immun funksiyalarning epigenetik tiklanish salohiyatidan dalolat beradi. Ushbu kashfiyot og‘ir infeksiyalarni davolash usullarini sezilarli darajada takomillashtirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Kavkaz «Barselona»si. «Qorabog‘» YeChLda tarix yozmoqda
Sport | 20:14 / 06.11.2025
Xitoyda talaba bo‘lish va yashash: buni qanday amalga oshirish mumkin?
Ta’lim | 17:38 / 06.11.2025
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
Jahon | 23:30 / 07.11.2025
-
Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta va avtobuslarning yo‘nalish raqami ko‘rinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:59 / 07.11.2025
-
Istanbul Bosh prokuraturasi Netanyahuni genotsidda ayblab, hibsga olishga order berdi
Jahon | 22:49 / 07.11.2025
-
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
Jamiyat | 22:20 / 07.11.2025
Mavzuga oid
17:14 / 05.11.2025
Immunitet uchun tabiiy “qalqon”: qovoq qanday foydali xususiyatlarga ega?
16:10 / 06.10.2025
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
19:41 / 18.09.2025
Kuzda immunitetni mustahkamlovchi 5 mahsulot
23:26 / 13.09.2025