Qozog‘iston fond birjasi Moskva birjasi bilan barcha aloqalarni uzdi
Bunga Moskva birjasining sanksiyalar ostiga tushgani va Qozog‘iston birjasi faoliyatiga «xalaqit» berishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Qozog‘iston fond birjasi (KASE) Moskva birjasi (MOEX) bilan 2018 yildan boshlab strategik hamkorlik shartnomasi asosida tuzilgan munosabatlarini to‘xtatganini e’lon qildi.
Bundan tashqari, Moskva birjasi KASE aksiyadorlari tarkibidan ham chiqdi. Qozog‘iston Milliy banki raisi Timur Suleymenov 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Moskva birjasini KASE aksiyadorlari tarkibidan chiqarish bo‘yicha «prinsipial qaror» qabul qilinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarorni Qozog‘iston tomoni ham, Rossiya tomoni ham qo‘llab-quvvatlagan.
Qayd qilinishicha, bunga Moskva birjasining sanksiyalar ostiga tushgani va Qozog‘iston birjasi faoliyatiga «xalaqit» berishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
KASE aksiyalarining 13,1 foizi Moskva birjasiga tegishli edi. Avvalroq,
Qozog‘iston birjasi Moskva birjasidan o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish masalasini muhokama qilmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi. Bu 12 iyun kuni Moskva birjasi Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi bilan birga AQSh sanksiyalari ostida qolganidan keyin sodir bo‘ldi. Qozog‘iston birjasi ta’kidlaganidek, uning aksiyadorlari orasida sanksiyalangan shaxsning mavjudligi xorijiy moliyaviy tashkilotlar va sheriklar bilan biznes aloqalarini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashni cheklaydi.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
11:53
AQSh Rossiyaning 50 ta bankiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
18:21 / 20.11.2024