Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi
Mushukni derazadan uloqtirgan va o‘limiga sabab bo‘lgan o‘qituvchi ma’muriy javobgarlikka tortildi, so‘ngra o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shadi.
Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 62-maktab o‘qituvchisi mushukka beshafqatlik qilgani haqidagi xabarlar Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
Qayd qilinishicha, maktab direktori Sh. N. jamoada nazoratni susaytirganligi, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun boshqarma boshlig‘i buyrug‘i bilan hayfsan intizomiy jazosiga tortilgan.
Voqeaga daxldor bo‘lgan o‘qituvchi D.X. Ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 1-qismiga asosan javobgarlikka tortilgan va o‘z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Mushuk bilan bog‘liq hodisa 27 sentabr kuni sodir bo‘lgan. 62-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi mushukni o‘quvchilari ko‘z o‘ngida ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan, oqibatda jonivor tan jarohatlari olib, nobud bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026