Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi
Rossiyaning Leningrad viloyatida 28 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Hodisa 11 oktyabr kuni tunda Mini – Novinka avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan.
O‘zbekiston fuqarosi Chevrolet Cruze avtomobilida yo‘lning qatnov qismida 50 yoshli erkakni belgilangan piyodalar o‘tish joyidan tashqarida urib yuborgan.
Piyoda qoramtir rangli kiyimda, nur qaytaruvchi elementlarsiz bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, avariyadan oldin piyoda qatnov qismining o‘rtasida bo‘lgan va uzoqdan ko‘rinmagan.
Hodisa tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 11.02.2026
Ikkinchi qo‘l mashina: qaysi brend kamroq buziladi?
12:03 / 31.10.2025
Toyota yangi IMV Origin modelini taqdim etdi: bu mashinani har kim o‘zi yig‘adi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025