Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga KXDR bilan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Hujjat tomonlardan biriga «hujum sodir bo‘lgan taqdirda» o‘zaro harbiy yordamni nazarda tutadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga 2024 yil 19 iyun kuni Pxenyanda imzolangan KXDR bilan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 14 oktyabr, dushanba kuni «Interfaks» agentligi xabar berdi. Hujjat Rossiya parlamentining onlayn ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.
Shartnoma bandlarining birida «agar tomonlardan biri biron-bir davlat yoki bir necha davlat tomonidan qurolli hujumga uchrasa va shu tariqa urush holatiga tushib qolsa, ikkinchi tomon zudlik bilan barcha vositalar bilan harbiy va boshqa yordam ko‘rsatadi», deyiladi.
Boshqa bir bandga ko‘ra, bir davlatga qarshi «qurolli tajovuzkorlik akti tahdidi yuzaga kelgan taqdirda» ikkinchisi so‘roviga ko‘ra darhol «o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtirish va bir-biriga yordam berishi mumkin bo‘lgan amaliy choralarni kelishish» uchun ikki tomonlama kanallardan foydalanishi kerak».
Bundan tashqari, tomonlarning har biri uchinchi davlatlar bilan boshqa mamlakatlar suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan kelishuvlar tuzmasligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimlarni rivojlantirish huquqiga ega ekani hamda boshqa asosiy manfaatlariga qarshi qaratilgan bitimlar tuzmaslik majburiyatini olishi aytilgan.
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
20:50 / 28.11.2024
Putin Trampni xavfsiz holatda emas deb hisoblamoqda
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
17:03 / 28.11.2024