Jahon | 12:40
5827
3 daqiqa o‘qiladi

Ukraina razvedkasi Rossiyaning Tu-134 samolyoti yo‘q qilinganini bildirdi

«Orenburg-2» aerodromida T-134 harbiy-transport samolyoti yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Ukraina maxsus xizmati. Moskva bu xabarlarga izoh bermadi.

Foto: Sergei Malgavko/TASS/dpa/picture alliance

Rossiya Qurolli kuchlarining 117-harbiy-transport aviatsiya polkiga qarashli Tu-134 harbiy-transport samolyoti 13 oktyabrga o‘tar kechasi o‘zi joylashgan «Orenburg-2» aerodromida yonib ketdi. Bu xabar 14 oktyabr, dushanba kuni Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan Telegramʼda e’lon qilindi.

«Bunday sovet samolyotlari, xususan, Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori martabali xodimlarini tashish uchun ishlatiladi», deyiladi postda.

Ukraina razvedka xizmati YouTubeʼda Rossiya samolyoti yonayotgani tasvirlangan videoni joylashtirdi. Ayni paytda matbuot havo kemasining ro‘yxatga olish raqamlarini yozuvda tanib bo‘lmasligiga e’tibor qaratadi. «Uning Rossiya Qurolli kuchlariga tegishligini e’lon qilingan parcha asosida tasdiqlashning iloji yo‘q va u olgan zarar darajasi ham noma’lum», — deydi jurnalistlar.

«Orenburg-2» — Orenburgdan 6 km janubi-g‘arbda joylashgan harbiy aerodrom. Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, u yerda harbiy-transport aviatsiyasining 12-Mginskaya harbiy-transport aviatsiya diviziyasi (61-havo armiyasi) tarkibiga kiruvchi 6956-havo bazasi joylashgan.

Xabar e’lon qilingan vaqtda Rossiya tomoni «Orenburg-2» harbiy aerodromidagi yong‘in haqidagi xabarlarga rasman izoh bermadi.

Rossiya Ukrainadagi Patriot HHM tizimiga zarar yetkazdi

Xalqaro OAV 10 oktyabr kuni kechqurun Rossiya Dnipropetrovsk yaqinida Amerikaning Patriot HHM tizimi qurilmasini o‘qqa tutgani to‘g‘risida xabar berdi. 

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi aloqa bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Ignat o‘qqa tutish haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, biroq havo hujumidan mudofaa majmuasi yo‘q qilinmaganini bildirdi. «Xo‘sh, 9 oktyabrda nima sodir bo‘ldi? Dushman faqat bir nechta jihozlarga zarar yetkazdi va ularni yo‘q qilmadi. Bu urushda nafaqat odamlar, balki texnika ham jarohat olyapti. Bundan tashqari, o‘sha Patriot bo‘linmasi mintaqadagi vazifalarni bajarishda davom etyapti», deb yozdi Ignat Facebookʼdagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Patriot ZRK Rossiya ballistik raketalari guruhiga qarshi havo jangida qatnashgan va ularning bir qismini tutib olishga muvaffaq bo‘lgan. «Patriot tizimi dushman uchun eng muhim maqsadlardan biridir», deb qo‘shimcha qildi Ignat.

Avvalroq, xuddi shu kuni, 10 oktyabrda Oliy rada deputati Maryana Bezuglaya Telegramʼda Rossiyaning Dnipropetrovsk yaqinida Patriot tizimiga hujumi haqida yozgan edi.

Mavzuga oid