Jahon | 09:50 / 15.10.2024
2323
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Eronga raketa va dronlarni RFga topshirgani uchun sanksiyalar kiritdi

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga Eron mudofaa vaziri o‘rinbosari va Eronning uchta aviakompaniyasi kiritilgan.

YeI Kengashi Tehronning Rossiyaga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlarini topshirishi munosabati bilan Eronning yetti jismoniy va yetti yuridik shaxsiga nisbatan cheklov choralarini joriy qildi. Bu haqda kengashning 14 oktyabr, dushanba kungi qarorida aytilgan.

Ro‘yxatga Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya Federatsiyasiga texnologiyani uzatish, shuningdek, Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasida tinchlik va xavfsizlikka putur yetkazuvchi guruhlar va tashkilotlarga qurol jo‘natish uchun javobgar shaxslar kiritilgan.

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga Eron mudofaa vaziri o‘rinbosari va Eronning uchta aviakompaniyasi kiritilgan.

MI5 rahbari Rossiya va Eron tomonidan tahdid kuchayganini ma’lum qildi

Rossiya razvedkasi o‘z oldiga «Britaniya va Yevropa ko‘chalarida betartiblik urug‘ini» ekishni maqsad qilib qo‘ygan, dedi Britaniyaning MI5 kontrrazvedka xizmati rahbari Ken Makkallum 8 oktyabr kuni Londonda aksilterror operatsiyalar markazi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. Uning nutqi matni MI5 matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Makkallumning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hozir Rossiya, Eron va Xitoy kabi davlatlar hamda terrorchilik tashkilotlarining harakatlari tufayli o‘z tarixidagi «eng murakkab va o‘zaro bog‘liq» tahdidga duch kelmoqda.

2022 yil yanvar oyidan beri Britaniya kontrrazvedkasi va politsiyasi Eron ko‘magida uyushtirilgan 20 ta fitnani fosh etishga muvaffaq bo‘ldi, dedi MI5 rahbari. Gap suiqasdlarni tayyorlash masalasi haqida ham borgan. Xitoy razvedka xizmatlari, deydi u, asosan sanoat va ilmiy josuslik bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid