Jahon | 09:40 / 16.10.2024
3061
2 daqiqa o‘qiladi

RF elitasi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun Googleʼdan foydalanyapti

«Proyekt» nashri Rossiya Federatsiyasi amaldorlari Google qidiruv tizimlaridan o‘zlari haqidagi nomaqbul ma’lumotlarni olib tashlaydigan sxemalarini o‘rganib chiqdi.

Foto: Kun.uz

Rossiya Federatsiyasi rasmiylari va elitasi Google LLC ular haqidagi ma’lumotlarni qidiruv tizimidan olib tashlashini ta’minlash yo‘llarini topdi. Bu haqda 15 oktyabr, seshanba kuni chop etilgan «Proyekt» nashrining surishtiruvida aytiladi. Unga ko‘ra, buning uchun ularning piar xodimlari nafaqat Rossiya sudlariga murojaat qilishadi, balki qidiruv tizimining texnik yordamini ham aldashadi.

Firibgarlik sxemalari

Shunday qilib, jurnalistlar tomonidan fosh etilgan sxemalardan biriga ko‘ra, o‘chirilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar bir kunlik veb-saytga joylashtiriladi. Unga uchinchi shaxsni ataylab obro‘sizlantiradigan ma’lumotlar qo‘shiladi. Shundan so‘ng, ko‘rsatilgan shaxs nafaqat unga tegishli ma’lumotlarni, balki barcha tegishli ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlashni talab qilib, sudga murojaat qiladi.

Boshqa sxemada 1998 yildagi Amerikaning "Raqamli davrda mualliflik huquqi to‘g‘risida"gi qonunidan foydalaniladi. Xaridor o‘chirmoqchi bo‘lgan maqola nusxa ko‘chiriladi va alohida veb-saytga joylashtiriladi, nashr vaqtini shunday o‘rnatiladiki, u asl nusxadan oldin chop etilganga o‘xshaydi. Keyin piar xodimlari o‘g‘irlangan material haqida shikoyat qilish uchun Google bilan bog‘lanadi va u qidiruv natijalaridan o‘chiriladi.

Uchinchi usul — piar bilan shug‘ullanuvchi odamlar o‘zlarini surishtiruv maqolalari mualliflari sifatida taqdim etib, Google texnik yordamiga yozishlari va materiallarni olib tashlashni talab qilishlari. Bu Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning yordamchisi Pavel Krotovga nisbatan «Proyekt» surishtiruvi bilan sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxslar Google bilan bog‘lanib, o‘zlarini nashr jurnalistlari Mariya Jolobova va Yuliya Lukyanovalar deb tanishtirgan. Haqiqiy Jolobova va Lukyanova Google'ga plagiat haqida hech qanday shikoyat yubormaganliklarini tasdiqladilar.

Mavzuga oid