Isroil armiyasi Yahyo Sinvarni tankdan o‘qqa tutib o‘ldirilganini ma’lum qildi
HAMAS yetakchisi bino ichiga qochib kirganidan so‘ng, Isroil armiyasi tanki uni o‘qqa tutgan.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilishi aks etgan yangi tasvirlarni e’lon qildi. Kadrlarda ko‘chada turgan tank ikki qavatli binoning yuqori qavatiga qarata o‘q uzganini ko‘rish mumkin. Portlash oqibatida devorlar vayron bo‘lgan. Video bino ustida uchayotgan drondan olingan.
TsAHAL tomonidan e’lon qilingan avvalgi videoda dron Yahyo Sinvar yashiringan binoga uchib kirgani aks etgan edi. Kadrlarda yarador Sinvarning kresloda o‘tirgani ko‘rinadi. U bir qo‘lini ko‘tarolmaydi, boshqasi bilan Isroilning droniga qarata tayoq otadi, lekin u tegmaydi.
Isroil armiyasi xabariga ko‘ra, Sinvar hududda reyd o‘tkazayotgan harbiylar tomonidan tasodifan topilgan. Shu bilan birga, Sinvarning merganning otishi yoki tankdan o‘qqa tutilib o‘ldirilgani borasida ham kelishmovchiliklar bor edi. Keyinroq TsAHAL matbuot kotibi Anna Ukolova uning tankdan otilgan o‘qdan halok bo‘lganini aytdi.
«Oldin otishma bo‘ldi. Sinvar boshqa uyga qochdi, uni dron payqab qoldi. Shundan so‘ng uy tankdan o‘qqa tutildi», dedi u. Shundan so‘ng isroillik harbiylar uyni boshqa jangarilar bor-yo‘qligini tekshirish uchun borishdi. U yerda ular Sinvarning jasadini topib, «u ekanini anglab yetishdi».
Keyinchalik HAMAS o‘z yetakchisining o‘limini tasdiqladi.
Mavzuga oid
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
19:01 / 19.11.2024