Jahon | 12:40 / 18.10.2024
1237
1 daqiqa o‘qiladi

YeMB barcha uchta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi

YeMB Boshqaruv kengashi qaroriga ko‘ra, 23 oktyabrdan boshlab depozit stavkasi 3,25 foiz, asosiy stavka - 3,40 foiz va marjinal stavka - 3,65 foiz bo‘ladi. Regulyator inflatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli 2 foiz darajasiga qaytishini ta’minlash niyatida.

Foto: AFP

Yevropa Markaziy banki (YeMB) 17 oktyabr, payshanba kuni Sloveniyada bo‘lib o‘tgan boshqaruv kengashi yig‘ilishida yevrohududdagi barcha uchta asosiy foiz stavkalarini 0,25 foiz punktga pasaytirdi. Shunday qilib, 23 oktyabrdan boshlab depozit stavkasi 3,25 foiz, asosiy stavka 3,40 foiz, marjinal stavka esa 3,65 foiz bo‘ladi.

YeMB evrozonadagi inflatsiyaning sekinlashuviga munosabat bildirdi. Regulyator bu yil uchinchi marta foiz stavkalarini pasaytirmoqda.

Boshqaruv kengashi inflatsiyani o‘z vaqtida o‘rta muddatli 2 foiz darajasiga qaytarishni ta’minlash majburiyatini olgan «YeMB ushbu maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida stavkalarni yetarlicha past darajada ushlab turadi», deb tushuntirdi Yevropa Markaziy banki.

Kelgusi oylarda inflatsiya baribir ko‘tarilishi kutilmoqda, shundan keyin esa kelgusi yil davomida maqsadli darajaga tushishi mo‘ljallangan.

Mavzuga oid