Yevropa Markaziy banki (YeMB) asosiy stavkalarini yana pasaytirdi. Bazaviy foiz stavkasi yana 0,25 foiz punktga kamaytirilib, 2 foizgaça tuşirildi, deya ma’lum qildi Yevropa regulyatori 5 iyun, payşanba kuni Frankfurt-Maynda. Bu bazaviy foiz stavkasining ketma-ket yettinçi va 2024 yilning örtalaridan beri sakkizinçi pasayişdir.
Tijorat banklari YeMBdan qarz olişi mumkin bölgan asosiy qayta moliyalaş operatsiyalari stavkasi 2,15 foiz, qisqa muddatli qarzlar böyiça foiz stavkasi 2,4 foiz qilib belgilangan.
Yevropa Markaziy banki sönggi pasayişni narxlarning barqarorlaşuvi va AQŞ savdo siyosati bosimi bilan izohladi. May oyida yevrohududdagi inflatsiya yana pasayib, YeMB maqsadli körsatkiçdan 1,9 foizgaça tuşib ketdi.
YeMB rahbari Kristin Lagardning aytişiça, bu tanaffus oldidan sönggi pasayişdir. «Biz pul-kredit siyosati siklining oxiriga yaqinlaşmoqdamiz, bu davrda qator zarbalarga, jumladan, koronavirus, Ukrainadagi uruş va energiya inqiroziga javob qaytardik», dedi u.

















