Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bir nechta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
FVB xabarida nechta xonadonga o‘t ketgani aytilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda uchta xonadon o‘t ichida qolgani aytildi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida bir nechta xonadonda yong‘ir sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 2024 yil 20 oktyabr kuni soat 16:54 da FVBga Toshkent Shayxontohur tumani “Gulbozor” MFY Bildirish tor ko‘chasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:03 da voqea joyiga yetib borib, soat 17:33 da yong‘in qurshab olingan va soat 17:40 da o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
16:28 / 13.06.2026