Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple sun’iy intellekt sohasida ikki yil orqada qolganini tan oldi
ChatGPT aniqlik bo‘yicha Apple Siri'dan 25 foiz ustunligi aniqlandi.
Apple kompaniyasining ichki tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, ChatGPT aniqlik bo‘yicha Siri'dan 25 foiz ustun. Bundan tashqari, ChatGPT ko‘proq savollarga javob berishga qodir. Bu esa sun’iy intellektga asoslangan Apple Intelligence raqobatchilaridan taxminan ikki yil ortda qolgani haqidagi tasavvurlarni kuchaytiradi.
Bunday xulosalar bilan taniqli insayder va Bloomberg muxbiri Mark Gurman o‘rtoqlashdi. Ammo uning fikricha, Apple oradagi bo‘shliqni tezda yo‘qqa chiqarishi mumkin. Misol uchun, Apple Maps ilovasi dastlab Google Maps’dan ancha orqada qolgan va foydalanuvchilarning istehzolariga sabab bo‘lgan edi. Biroq, bir necha yil o‘tgach, Apple Maps kamida AQSh bozorida Google kompaniyasi ilovasi bilan ishonchli tarzda raqobatlashmoqda.
Mutaxassisning fikricha, Apple sun’iy intellekt sohasida o‘z raqobatchilariga yetib olishining uchta yo‘li bor: sun’iy intellektning o‘zini takomillashtirish, uchinchi tomon mutaxassislarini jalb qilish yoki tayyor texnologiyani sotib olish. Kompaniyaning tanlovi 2026 yilda ma’lum bo‘ladi, o‘shanda har bir Apple qurilmasi Apple Intelligence’ni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:47
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026