Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Xitoyning EEL kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif davomida Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan 10 gektar maydonda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha “Zarafshon” KSZ hududida amalga oshiriladi va uning qiymati 150 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyani tashkil etadi. Loyiha ishga tushishi natijasida 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 1-bosqich 2025 yilning to‘rtinchi choragida, 2-bosqich esa 2026 yilning uchinchi choragida ishga tushadi. 2024 yilda loyihani rivojlantirish uchun 25 million dollarlik investitsiya o‘zlashtiriladi.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026