Jahon | 13:50
1068
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azo shimolini o‘qqa tutishi oqibatida 20 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil havodan varaqalar tarqatish orqali odamlarni uylarini tark etishga majbur qilmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasining blokada ostidagi G‘azo sektori shimolidagi Meshru Beyt Lahiya hududi va «Jabaliya» qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumlari natijasida 20 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining Meshru Beyt Lahiya hududida ko‘chirilgan falastinliklarga qarshi artilleriya otishmasi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar tan jarohati oldi.

«Jabaliya» qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda 8 kishi halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi.

Isroil havodan varaqalar tarqatish orqali aholini uylarini tark etishga majbur qilmoqda

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi Meshru Beyt Lahiya hududiga varaqalar tashlagan. Varaqalarda falastinliklardan «hududni tark etib, G‘azo janubiga yo‘l olishlari» talab qilingan.

Varaqalar Meshru Beyt Lahiya hududini artilleriyadan o‘qqa tutish boshlanishi bilan birga tashlandi.

Mavzuga oid