Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Sergey Lavrov 28-29 oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi va prezident bilan uchrashadi, tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28-29 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
«28-29 oktyabr kunlari TIV rahbari amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov respublika prezidenti tomonidan qabul qilinadi, shuningdek, bu mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan muzokara o‘tkazadi», dedi u.
Zaxarova so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida asosiy e’tibor Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi, bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024 yil may oyida respublikaga tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. «Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama kun tartibi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda», dedi u.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, «O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOOI) kuzatuvchi maqomi hisobga olingan holda Yevroosiyo integratsiyasi jarayonlarini diplomatik qo‘llab-quvvatlash» alohida mavzu bo‘ladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lavrovning O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbati rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:59 / 21.01.2026