Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan.
Foto: Flickr
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4,5 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln nafarga yoki 35,8 foizga oshgan.
O‘tgan to‘qqiz oyda O‘zbekiston fuqarolari sayohatga borgan mamlakatlar ro‘yxati quyidagicha bo‘lgan:
· Qirg‘iz Respublikasi – 2,1 mln nafar;
· Tojikiston – 895,1 ming nafar;
· Qozog‘iston – 719,9 ming nafar;
· Rossiya – 222,9 ming nafar;
· Turkiya – 180,9 ming nafar;
· Saudiya Arabistoni – 121,9 ming nafar;
· BAA – 90,3 ming nafar;
· Misr – 32,1 ming nafar;
· Kuvayt – 20 ming nafar;
· Janubiy Koreya – 17,5 ming nafar;
· Boshqa davlatlar – 128,2 ming nafar.
Mavzuga oid
10:45 / 07.02.2026
Pokistonga sayohatlar ko‘paydi: o‘zbekistonliklar oqimi keskin oshgan
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026