Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Zelenskiyning NATOga taklif qilish haqidagi iltimosini rad etdi
Urush holatidagi davlat NATOga a’zo bo‘la olmaydi, deya ta’kidladi Germaniya kansleri Ukrainani ittifoqqa taklif qilish haqidagi savolga javob berar ekan.
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Ukrainani NATOga zudlik bilan taklif qilish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda Sholsning o‘zi 24 oktyabr, payshanba kuni ZDF nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shols NATO mamlakatlari Ukraina uchun «istiqbollarni tasvirlab berganini» eslatdi. «O‘ylaymanki, hozirgi vaqtda yangi yechimga ehtiyoj yo‘q», dedi Shols. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, «urush holatidagi davlat NATOga a’zo bo‘la olmasligini» aniq aytish kerak. «Buni hamma biladi, bu borada hech qanday kelishmovchilik yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi u. Ayni paytda Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish taklifi kutilmaydi, chunki alyans misolida «taklif odatda a’zolik bilan juda tez bog‘lanadi», deya qo‘shimcha qildi Shols.
Zelenskiy: Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayapti, lekin NATOga qo‘shilishi kerak
Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayapti, lekin Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qila olish uchun NATOga qo‘shilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina ko‘p yillar avval NATOga a’zo bo‘lishga umid qilib, butun yadro arsenalidan voz kechgan.
«Biz o‘z vaqtida barcha yadroviy qurollarimizdan voz kechdik. Bu ko‘p yillar oldin bo‘lgandi. Biz NATOga kirishimiz kerak edi. Bu mening fikrim. Men buni (AQSh prezidenti Jo) Bayden va (Respublikachilardan prezidentlikka nomzod) Tramp bilan bo‘lishdim. Shuning uchun men Ukrainaga nisbatan adolat qayerdaligini tushuna olmasligimni aytdim», — deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RBK-Ukraina.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina qurollardan voz kechgan, ammo va’da qilingan xavfsizlikni olmagan.
«Biz yadro qurolidan voz kechdik, lekin NATOni olmadik. Va siz menga boshqa ittifoqchilar yoki boshqa «xavfsizlik soyabonlari» yoki shunga o‘xshash narsalarni aytib bera olasizmi, deb so‘radim. Hech kim Ukraina uchun NATOga mos keladigan xavfsizlik choralari va kafolatlari haqida menga aytolmadi. Shuning uchun bu mening dalillarim», — dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid
14:47 / 22.11.2025
Olaf Shols «Shimoliy oqim–2» bo‘yicha ko‘rsatma berdi
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025