Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
Rossiya poytaxtida 2025 yildan boshlab chet eldan kelgan ishchilar uchun patent miqdori 8,9 ming rublni tashkil etadi.

Foto: Kommersant’
Moskvada 2025 yildan boshlab chet eldan kelgan ishchilar uchun patent miqdori 8,9 ming rublni tashkil etadi. Bu amalda belgilangan narxlardan 1,5 ming rublga qimmatroq, deydi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin.
«Migrantlar soliqlar nuqtai nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi — muhim masala. Biz fuqarolarimizning har oylik daromad soliqlari o‘tkazmalaridan kelib chiqamiz va uni shu toifadagi ishchilarniki bilan solishtiramiz. Ma’lumki, ular yuqori malakali insonlar toifasi emas. Bugungi kunda oylik to‘lanadigan patent 7,5 ming rubl bo‘lib, uni daromad solig‘i avansi deb hisoblash mumkin. 1 yanvardan boshlab u 8,9 ming rubl bo‘ladi», — deydi Sergey Sobyanin.
Moskva merining so‘zlariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolari uchun xarajatlarini tenglashtirish imkonini beradi. «Mexanizm ancha oldin ishlab chiqilgan, u migrant ish beruvchiga fuqarolarimizdan ko‘ra arzonroq tushmasligiga qaratilgan masalani tartibga soladi», — deya ta’kidlaydi Sobyanin.
Sobyaninning qayd etishicha, Moskvada mehnat patentlarini berish bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatilmayapti, hozirda bu qariyb 450 mingtani tashkil etmoqda.
Avvalroq Moskva hukumati 2025 yilda tajriba tariqasida migrantlarga xorijlik fuqaroning elektron guvohnomasini tarqatishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Elektron hujjat «barcha ma’lumotlarni» o‘zida jamlaydi: Rossiyaga kirilgan sana, biometrik ma’lumotlar, ish joyi va ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

08:20 / 14.03.2025
NBC: Tramp Rossiyaning iltimosiga ko‘ra Kellogni muzokaralardan chetlashtirdi

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

00:48 / 06.03.2025
Avstriya kansleri qochqinlarining o‘z oilalari bilan birlashish dasturini to‘xtatib qo‘ydi

17:42 / 04.03.2025