Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov endi Shveytsariyada ham elchi vazifasini bajaradi.
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Axatov 25 oktyabr kuni Shveytsariya prezidenti Viola Amherdga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Viola Amherd so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajadagi ikkitomonlama aloqalar sezilarli faollashganini ta’kidladi. U Shveytsariya hukumati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi va O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.
Dilshod Axatov 2023 yil oktyabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi sifatida ish boshlagan. Shu tariqa, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Shveytsariyada ham rasmiy vakil hisoblanadi. Uning qarorgohi Berlinda joylashgan. Tayinlovga qadar Axatov 2020-2023 yillarda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. Bungacha, 2010-2013 yillarda Germaniyadagi elchi, shuningdek, Shveytsariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
16:40
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026