Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
2024 yilda O‘zbekiston Qirg‘izistondan 6 mlrd kub metr suv olgani ma’lum bo‘ldi.
Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u Kenesi (parlament) Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirining suv resurslarini nazorat qiluvchi o‘rinbosari Almazbek Sokeyev qo‘shni davlatlarga qancha suv berilayotganini aytdi.
Unga ko‘ra, joriy yilda Qozog‘iston Chuy viloyatidan 138 million kub metr, Talas viloyatidagi Kirov suv omboridan 420 million kub metr suv olgan.
«Shartnomaga ko‘ra, vegetatsiya davrida suvning 80 foizini o‘zimizga qoldiramiz, 20 foizini Qozog‘istonga beramiz. Boshqa paytlarda 58 foizi bizda qoladi, 42 foizi Qozog‘istonga ketadi», deb tushuntirdi Almazbek Sokeyev.
Shu bilan birga, 2024 yilda O‘zbekiston 6 mlrd kub metr suv olgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, Tojikiston ham Qirg‘izistondan suv oladi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi umumiy suv oqimi 47 milliard kub metrni tashkil etadi, shundan 12 milliardi Qirg‘izistonda qoladi, qolgan qismi qo‘shni davlatlarga beriladi.
Mavzuga oid
19:14 / 28.10.2024
Qirg‘iziston va O‘zbekiston «Elkart» yagona to‘lov ekotizimini yaratadi
10:10 / 27.10.2024
Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
22:52 / 25.10.2024