Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi
Fuqarolar va sayyohlar faqat shaxsiy foydalanish maqsadida iPhone 16 ni mamlakatga olib kirishi mumkin.
Indoneziya sanoat vazirligi mamlakat hududida yangi iPhone 16 smartfonlarini sotishni taqiqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Rasmiylar taqiqni Apple kompaniyasi Indoneziyaga investitsiya kiritish bo‘yicha talablarni bajarmagani bilan izohladi. Vazirlik hisoblashicha, iPhone sotuvining qisqarishi mahalliy ishlab chiqarish rivojlanishini rag‘batlantiradi hamda AQSh va boshqa mamlakatlarga texnologik qaramlikni kamaytiradi.
iPhone’ning yangi modelini faqat shaxsiy foydalanish uchun mamlakatga olib kirish mumkin, shuningdek, ularni chet eldan kurerlik xizmati orqali buyurtma qilsa bo‘ladi. Bunda bir kishiga, jumladan, turistlarga ham, Indoneziyaga ko‘pi bilan ikkita iPhone 16 olib kirishga ruxsat beriladi.
“Fuqarolar tomonidan olib kelingan va soliqqa tortiladigan iPhone 16 qurilmalari sotuvga qo‘yilmaydigan shaxsiy buyumlar hisoblanadi. Ular faqat shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan”, — dedi sanoat vazirligi vakili Febri Hendri Antoni Arif.
Avgustdan oktyabrgacha Indoneziyaga shaxsiy foydalanish uchun 9 000 ga yaqin iPhone 16 olib kirilgan. Bu smartfonlarni mamlakat hududida sotish qonunga xilof deb topildi.
Taqiq Apple’ning boshqa mahsulotlariga taalluqli emas, deb yozadi The Wall Street Journal.
Indoneziyaning Antara axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning mahalliy bo‘linmasi PT Apple Indonesia iPhone 16 ni mamlakatda sotishga litsenziya olish uchun 1,71 trillion Indoneziya rupiyasi (108,7 million dollar) miqdorida sarmoya kiritishi kerak. Hozirda ularning hajmi kerakli ko‘rsatkichdan 240 mlrd rupiya kam.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026