OAV: Putinning soqchilari tasodifan uning harakatlanishini oshkor qilib qo‘ydi
Strava fitnes ilovasiga ko‘ra, 2019-2024 yillarda Rossiya Federatsiyasi Federal qo‘riqlash xizmatining bir necha xodimlari Rossiya Federatsiyasi prezidentiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkita obekt yaqinida yugurish yo‘nalishlarini o‘rnatgan, deyiladi Le Monde surishtiruvida.
Strava fitnes ilovasiga ko‘ra, Rossiya Federal qo‘riqlash xizmatining (FSO) bir necha xodimlari 2019 yildan 2024 yilgacha Gelenjik yaqinidagi Qora dengiz sohilidagi saroy va Kareliyadagi Maryalaxti ko‘rfazi sohilidagi qarorgoh yaqinida muntazam ravishda yugurish yo‘nalishlarini belgilab turishgan. Le Monde gazetasi 29 oktyabr, seshanba kuni o‘z surishtiruvida Strava ochiq ma’lumotlariga tayanib: «Bu ikki obekt deyarli 2000 kilometr masofada joylashgan, biroq ularning bir umumiy jihati bor: ularning yaqin atrofiga Vladimir Putinning tansoqchilari muntazam ravishda tashrif buyurishadi», deb yozdi.
Saroy ham, qarorgoh ham Rossiya prezidentining mulki hisoblanadi: ularning birinchisi 2021 yilda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy jamoasi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda e’lon qilingan, ikkinchisi haqida «Dose» markazi 2024 yil yanvarida xabar bergan.
Le Monde nashriga ko‘ra, sport ilovasidan foydalangan holda, qo‘riqchilar o‘z natijalarini, jumladan, yugurishlari geolokatsiyasini ham oshkor qilishgan. Ularning Qora dengizdagi saroy yaqinida va Kareliyadagi yugurishlari Putin omma oldiga chiqmagan davrlarga to‘g‘ri kelgan va Rossiya davlat kanallari faqat uning avval yozib olingan chiqishlarini namoyish qilgan, deya aniqlik kiritadi gazeta. Shu bilan birga, jurnalistlar olingan ma’lumotlar Rossiya prezidentining o‘zi o‘sha paytda ko‘rsatilgan joylarda bo‘lganiga yuz foiz dalil bo‘la olmaydi, deya tuzatish kiritgan.
Kreml Ilon Mask va Putin o‘rtasidagi muntazam muloqotni rad etdi
Kreml G‘arb OAVning Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik milliarder Ilon Mask bilan muntazam aloqada bo‘lib turishi va hatto undan Tayvan uzra Starlink'ni faollashtirmaslikni so‘ragani haqidagi xabarlarini rad etdi.
«Yo‘q, bularning barchasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, ya’ni bu The Wall Street Journal'da chop etilgan mutlaqo yolg‘on ma’lumotlar», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 25 oktyabr kuni jurnalistlarga.
Avvalroq The Wall Street Journal (WSJ) AQSh, Yevropa va Rossiyadagi bir qancha amaldagi va sobiq amaldorlarga tayangan holda, milliarder va Donald Trampning tarafdori, amerikalik biznesmen Ilon Mask 2022 yil oxiridan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqada ekani aytilgan maqolani chop etgan edi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Mask va Putin shaxsiy va biznes mavzularini, shuningdek, geosiyosiy ziddiyatlarni muhokama qilishadi. Gazetaning ta’kidlashicha, Maskning Kreml bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlarni, aftidan, hatto AQSh ma’muriyatida hamma ham bilmaydi. WSJ suhbatdoshlaridan biri AQSh rasmiylariga Mask va Putinning aloqalari yoqmasligini aytdi, biroq Oq uy tadbirkorga hech qanday e’tiroz bildirmagan.
Mavzuga oid
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21 / 23.11.2024
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024