Jahon | 13:20 / 30.10.2024
1525
2 daqiqa o‘qiladi

RF 131 nafar Avstraliya fuqarosini «stop-list»ga kiritdi

Rossiya harbiy-sanoat kompleksi vakillari, jurnalistlar va jamoat arboblari orasidan 131 nafar avstraliyalik fuqaroga mamlakatga kirishni taqiqladi.

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Rossiya harbiy-sanoat kompleksi (HSK) vakillari, jurnalistlar va jamoat arboblari orasidan 131 nafar avstraliyalik fuqaroga «noaniq muddatga» mamlakatga kirishni yopdi. Bu haqda 29 oktyabr, seshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Kanberra «Rossiyaga qarshi kursidan voz kechmoqchi emas» va yangi cheklovlar joriy etishda davom etmoqda, deb hisoblaydi Moskva.

«Rossiyaning «stop-list»ini yangilash bo‘yicha ishlar davom etadi», — deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Mudofaa vazirligi va Yangi Zelandiya Qurolli kuchlari rahbariyatiga nisbatan shaxsiy cheklovlarni tasdiqladi.

London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Britaniya, Londonga ko‘ra, "Ukraina va uning demokratiyasini buzish va beqarorlashtirish" uchun dezinformatsiyadan foydalanishga uringan uchta Rossiya agentligi va ularning uch nafar yuqori martabali xodimlariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda 28 oktyabr kuni Britaniya hukumati ma’lum qildi.

Cheklovlar "Agenstvo sotsialnogo proyektirovaniya", "Struktura" kompaniyalar guruhi va "Dialog" avtonom notijorat tashkilotiga nisbatan qo‘llandi. Londonda ta’kidlanganidek, ular Kiyevga xalqaro yordamni susaytirish maqsadida ta’sir o‘tkazish amaliyotlarini amalga oshirgan.

Mavzuga oid