Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatining Zangiota hamda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Zangiota tumanida fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi “Madaniyat” hamda “Farobiy” MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Oqibatda jami 417,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Sherobod tumanida fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegishli “Qorabog‘” MFY hududidagi sexga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga shikast yetkazgan.
Oqibatda 186,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026