Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
U ko‘p yillar davomida Surxondaryodagi «Lochin» fermer xo‘jaligiga rahbarlik qildi.
Qishloq xo‘jaligi xodimi, taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi.
Ahmad Narzullayev 1956 yili Denov tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini tumandagi «Surxonoziqovqatsanoati» aksiyadorlik jamiyatida boshladi. Keyinchalik Toshkent politexnika institutini tamomlab, «Sharg‘un» g‘isht zavodida, Denov tumanidagi 37-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna va eksperimental ishlab chiqarish birlashmasida turli vazifalarda ishladi. 1991 yildan «Lochin» fermer xo‘jaligi rahbari sifatida faoliyat yuritdi.
Ahmad Narzullayevning ko‘p yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.
Mavzuga oid
18:00
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
18:24 / 06.06.2026
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi
20:37 / 03.06.2026