Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Hindistonning VED ko‘p tarmoqli shifoxonasi direktori Vaivxav Patel bilan uchrashdi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ushbu shifoxona tomonidan viloyatda xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Vaivxav Patel VED klinikasi faoliyati, aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘plangan tajriba, jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha ma’lumot taqdim qildi. Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va aholiga xalqaro standartlarga asoslangan tibbiy xizmat ko‘rsatish istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Shuningdek, hindistonlik malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda mahalliy tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Hindiston delegatsiya a’zolari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bino-inshootlarni ko‘zdan kechirdi hamda hamkorlikni hayotga tatbiq etish bosqichlari yuzasidan kelashuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
16:15 / 23.05.2026