Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Bunga yo‘lovchilardan biri – 57 yoshli Italiya fuqarosining qon bosimi ko‘tarilgani sabab bo‘lgan. U Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.
Foto: Lufthansa
“Lufthansa” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Lufthansa” aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi soat 8:13 da Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ngan.
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani, qon bosimining beqarorligi sabab bo‘lgan. 57 yoshli Italiya fuqarosi bort qo‘nganidan so‘ng darhol poytaxt tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.
Soat 10:04 da LH-726 reysi Toshkent aeroportidan Shanxayga parvozini davom ettirgan.
Mavzuga oid
13:00 / 24.03.2026
Lufthansa Yaqin Sharqqa parvozlar taqiqini uzaytirdi
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
21:04 / 19.03.2026
Yaponlar dunyodagi eng xunuk deb ta’riflanayotgan samolyotni qurdi
10:33 / 28.02.2026