Iqtisodiyot | 14:10 / 04.11.2024
816
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi

O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasida Polshaning Damel kompaniyasi vitse-prezidenti Robert Tomashevski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuv davomida Damel kompaniyasi hamda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, Navoiy viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusidagi innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilishda hamkorlik qilish istiqbollari xususida fikr almashildi.

O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

1940 yilda tashkil etilgan Damel kompaniyasi geologiya va tog‘-kon sanoati uchun elektr dvigatellarini ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘z konstruktorlik byurosi va texnika bazasiga ega bo‘lib, sheriklar talabiga mos ravishda elektr dvigatellarini loyihalash va ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Mavzuga oid