Toshkentda 7 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
5 noyabr kuni soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.
Hokimlik «ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq» Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan.
Shunga muvofiq, 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
«Turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi bo‘lsangiz 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi hokimlik xabarida.
Bundan oldinroq Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 1 noyabrdan isitish mavsumi boshlangani ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi

17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi

15:52 / 17.10.2024
Ko‘p qavatli uylar sovib qoldi – isitish mavsumi qachon boshlanadi?

12:03 / 14.09.2024