Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi
2025-2026 yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, yordamni quyidagilar oladi:
✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar;
✅“Kambag‘al oilalar reyestri”dagi oilalar;
✅“Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan oilalar.
Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar ustuvor tartibda kiritiladi:
⏺️boquvchisini yo‘qotgan;
⏺️I yoki II guruh nogironi bo‘lgan a’zosi bor;
⏺️nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan;
⏺️isitish tizimi mavjud bo‘lmagan ko‘p qavatli uylarda yashovchi;
⏺️3 va undan ortiq oila bir xonadonda yashovchi;
⏺️og‘ir xastalikka chalingan bemorni parvarishlayotgan;
⏺️yolg‘iz keksa yoki nogironligi bor fuqarolar.
Agar siz shunday toifaga mansub bo‘lsangiz, joriy yil 25 sentabrga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.
Mavzuga oid
16:25 / 29.06.2026
1 iyuldan xususiy kompaniyalarda ham «bolnichnyy» davlat tomonidan to‘lab beriladi
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026