Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «ChGK» o‘yinchilari uyushmasi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
Lixtenshteynda ro‘yxatdan o‘tgan Intellektual o‘yinlar xalqaro assotsiatsiyasi «chet el agentlarini» qo‘llab-quvvatlaydi va «Rossiya rasmiylarini obro‘sizlantiradigan» ma’lumotlarni tarqatadi», deya ma’lum qili Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Lixtensheynda ro‘yxatdan o‘tgan Intellektual o‘yinlar xalqaro assotsiatsiyasi (Internationale Assoziation für Intellektuelle Spiele, IAIS)ni «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qildi. IAIS «Internet tarmog‘ida Rossiya rahbariyatini obro‘sizlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatadi», deya ma’lum qildi Rossiya idorasi 5 noyabr, seshanba kuni Telegramʼda. Bundan tashqari, Bosh prokuratura Intellektual o‘yinlar xalqaro assotsiatsiyasi Rossiya Federatsiyasida «chet el agentlari» sifatida tan olingan odamlarni «faol qo‘llab-quvvatlayotganini» da’vo qilmoqda.
RFda IAIS Rossiyaga qarshi kampaniyalarda qatnashishda ayblandi
Shuningdek, idora ma’lum qilishicha, 200 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan «Chto? Gde? Kogda?» («ChGK»), «Breyn-ring» va «Svoya igra» ommaviy intellektual o‘yinlarining sport versiyalari Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada go‘yoki «Rossiyada norozilik va buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qilishga qaratilgan» Rossiyaga qarshi xorijiy kampaniyalarda qatnashmoqda.
Bundan tashqari, IAIS'ni «nomaqbul tashkilot» deb tan olish haqidagi bayonotda Rossiya Federatsiyasi va Belarus jamoalarining xalqaro turnirlarda o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida ishtirok etishi taqiqlangani ko‘rsatilgan.
Intellektual o‘yinlar xalqaro assotsiatsiyasi 2021 yilda «Chto? Gde? Kogda?» televiktorinasi ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ular Andrey Kozlov boshchiligidagi «Chto? Gde? Kogda?» Rossiya xalqaro klublari assotsiatsiyasining siyosatidan norozi. Boshqa narsalar qatorida, o‘yinchilar «ChGK»ning Birinchi kanal bilan aloqalarini tanqid qilishgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025