Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Qoraqalpog‘istonda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli haydovchi Xo‘jayli tumani Qumchig‘in ovulidan o‘tgan yo‘lda Nexia mashinasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizlik qilgan va mashina boshqaruvini yo‘qotgan.
Shundan so‘ng mashina ko‘prik ustida turgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyodalardan biri og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Ikkinchi piyoda shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026