Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘laqonli urushi boshlanganidan keyin Germaniya hukumati qurolli kuchlarni yanada zamonaviy jihozlashga qaror qilgan va bundesvarning 100 milliard yevrolik maxsus jamg‘armasi tashkil etilgandi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok mudofaa uchun ko‘proq pul sarflash kerak deb hisoblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, YaIMning 2 foizini tashkil etadigan mablag‘ni Germaniya mudofaa xarajatlariga sarflash — yetarli emas.
Berbokning aytishicha, mudofaa xarajatlarining oshishi Donald Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin transatlantik munosabatlar uchun ko‘prik vazifasini o‘tashi mumkin. Bundan tashqari, mudofaaga yo‘naltiriladigan pullarning oshirilishi Germaniya xavfsizligi manfaatlariga javob beradi va NATOning Yevropa tarkibiy qismini mustahkamlaydi.
Berbok, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdagi hal qiluvchi bosqich haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq budjet mablag‘lari kerak. Shu bilan birga, u Yevropa mudofaa quvvatini, xususan, o‘zining havo makoni himoyasini oshirishni talab qilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, vazifalarni bo‘lib olish va Yevroittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlar armiyalari imkoniyatlarini birlashtirish kerak.
«Hozir o‘tish davri boshlandi», — deydi Berbok Trampning saylovlardagi g‘alabasi va Germaniyada hukumat koalitsiyasining parchalanishini nazarda tutib. U kuz va qishda Ukrainaga yanada ko‘proq yordam ko‘rsatish uchun G‘arbni birlashishga chaqirdi.
Germaniya TIV rahbarlari AQSh administratsiyasi ushbu masalada Yevropaning ishonchli sherikligicha qolishiga umid bildirdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘laqonli urushi boshlanganidan keyin Germaniya hukumati qurolli kuchlarni yanada zamonaviy jihozlashga qaror qilgan va bundesvarning 100 milliard yevrolik maxsus jamg‘armasi yaratilgan edi.
Iyul boshlarida Germaniya 2025 yil uchun mo‘ljallangan budjetni tasdiqladi — uning doirasida mudofaa xarajatlari 53 milliard dollarni tashkil etadi. 2028 yilga borib, mamlakatning ushbu yo‘nalishdagi xarajatlari 80 milliard yevrogacha oshishini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid
11:54 / 17.12.2024
Germaniyada mpox virusining xavfli shtammi bilan kasallanganlar aniqlandi
21:27 / 16.12.2024
Bundestag Olaf Sholsning so‘roviga binoan uning hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:21 / 14.12.2024