Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
Hududga keluvchi sayyohlar soni haddan tashqari ko‘paygan. Bu unga zarar yetkazishi mumkin.
Italiya hukumati 15 noyabrdan boshlab Pompeyga tashrif buyuruvchilar soni kuniga 20 ming nafargacha cheklanishini va ismli chiptalar joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Shu yo‘l bilan hukumat vakillari haddan tashqari ko‘paygan sayyohlar oqimini nazoratga olib, umumjahon merosi obektini himoya qilmoqchi. Yozda Pompeyaga rekord darajada — 4 million sayyoh tashrif buyurdi. Yakshanba kunlarining birida kirish bepul qilinganda, mehmonlar soni 36 ming kishidan oshib ketdi.
Pompey arxeologiya parki direktori Gabriel Tsuxtriegelning ta’kidlashicha, hozir sayyohlar kuniga 15-20 ming kishidan oshyapti, kunlik tashrif buyuruvchilar sonini cheklash kelgusi o‘sishning oldini oladi.
“Biz obektga antropogen yukni kamaytirishga qaratilgan bir qator yechimlar ustida ishlayapmiz, bu yuk sayyohlar uchun ham, shunday noyob va nozik meros uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin”, — dedi Tsuxtrigel.
Kelgusi haftadan boshlab boqqa kirish chiptalarida tashrif buyuruvchilarning to‘liq ismi ko‘rsatiladi, kuniga 20 mingtadan ortiq chipta sotilmaydi. Bundan tashqari, yoz mavsumida oraliq tanaffuslar joriy etiladi.
Arxeologik bog‘ nazoratchilari sayyohlarni Pompeyga aloqador boshqa qadimiy joylarga, jumladan, Stabiya va Boskorealga yo‘naltirmoqchi.
Pompey — Neapol yaqinidagi qadimgi Rim shahri bo‘lib, u milodiy 79 yilda Vezuviy vulqoni otilishi oqibatida yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirgi kunda bu hududda YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan arxeologik park joylashgan.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026
Rossiyaliklar uchun Italiya vizasi olish yanada qiyinlashdi
16:30 / 13.05.2026