Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Litva biznes-forumi o‘tkazildi
Toshkent shahrida O‘zbekiston-Litva biznes-forumi va ikki tomonlama Ishbilarmonlar kengashi majlisining ikkinchi davrasi o‘tkazildi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekistonning Riga shahridagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda ishtirok etish uchun Litvaning transport va logistika, kimyo sanoati, energetika, oziq-ovqat va boshqa sohalardagi 14 ta yirik kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi.
Biznes-forum davomida B2B formatidagi uchrashuvlar, Litva delegatsiyasi vakillarining mamlakat hududlariga tashrifi, tegishli idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilgan.
Tadbir yakunida yangi eksport shartnomalar, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar, shu bilan birgalikda Ishbilarmonlar kengashining 2025 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi imzolandi.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026