Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi
Avtobuslar uchun alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslar tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29 foizga yaxshilandi.
Toshkentda umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi.
«Toshshahartransxizmat» AJ xabariga ko‘ra, hozirda 53 km uzunlikdagi avtobus yo‘laklari mavjud.
Yangi yo‘laklar tashkil etilishi natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo‘lovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi.
Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29 foizga yaxshilandi.
Ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026